Xoland Mbappe bilan raqobat haqida: "O‘zimni hech kim bilan solishtirmayman"

  • 21 dekabr, 2022, 11:16
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland PSJ etakchisi Kilian Mbappe bilan raqobat haqida qanday fikrda ekanligini aytdi.

Tecno

Yaqinda futbol ekspertlari aynan 22 yoshli norvegiyalik va 24 yoshli frantsuzni kelajakning yangi "Krishtianu va Messi"siga aylanishini taxmin qilgandi.

"Ronaldu va Messi o‘z muvaffaqiyatlari bilan bir-biriga turtki bo‘lgani kabi Mbappe bilan raqobatim ham ijobiy bo‘lishi mumkin, ammo men hech qachon o‘zimni hech kim bilan solishtirmayman", dedi Xoland Viaplay nashriga.

Eslatib o‘tamiz, 2022 Jahon chempionatida Kilian Frantsiya terma jamoasida o‘ynab, turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi. Norvegiya esa Xoland bilan birgalikda jahon chempionatining final bosqichiga chiqa olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!