
Xoland kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi
“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qildi. Norvegiyalik futbolchi hozirgi jamoasi bilan amaldagi shartnomani 2029 yilning yozigacha uzaytirishga rozilie berdi.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, 24 yoshli futbolchi kelishilgan shartnomani yangi yilgacha imzolab berishi talab etiladi.
Xolandning Manchesterga qolishga qaror qilgani klubning bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan yakunlanayotgan bitimni yana ikki yilga uzaytirgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
“Manchester Siti” rahbariyati futbolchini yangi bitimga ko‘ndirish uchun Xoland qo‘ygan shartlarni qabul qildi. Unga ko‘ra, shartnomada to‘purarga “Real” singari grand klublardan taklif tushsa, tomonlar kelishgan holda hamkorlikni to‘xtatishi haqida band bo‘ladi.
Fikrlar