
Xoland jamoaga kim etishmayotganini aytdi
“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland o‘tgan mavsum yakunlanishi bilan “shaharliklar” safini tark etgan belgiyalik pleymeyker Kevin de Bryuyne haqida gapirdi.
- Kevin de Bryuyne “Manchester Siti”ning haqqiy afsonasi. Biz uni har kuni sog‘inamiz. Jamoaga Kevin etishmayapti.
Men bir kun kelib, uning o‘rnida bo‘lishim aniq ekanini bilaman. Chunki futbol abadiy emas.
Kevin klubda ajoyib o‘n yilni o‘tkazdi. “Siti” uchun borini berdi va barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Shu bois, Kevinning o‘rni bilinayotgani tabiiy hol, - dedi Erling Xoland.
Kevin de Bryuyne 2015 – 2025 yillar davomida “Manchester Siti” sharafini himoya qildi. Bu vaqt mobaynida 34 yoshli futbolchi jami 422 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 108 ta gol va 177 ta assist yozdirib qo‘ydi.
Kevin Manchesterdan ketganidan keyin erkin agent maqomida Italiyaning “Napoli” klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Fikrlar