
Xoland jamoa imkoniyatiga qanday baho berdi?
“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland o‘zi xalqaro miqyosda o‘ynab kelayotgan Norvegiya milliy terma jamoasining jahon chempionatida g‘olib chiqish imkoniyatiga baho berdi.
- Norvegiya hech qachon jahon chempionatida g‘olib chiqmaydi. Agar biz navbatdagi jahon chempionatiga yo‘llanma olsak, mana shuning o‘zi mundialda g‘alaba qozonishga teng muvaffaqiyat bo‘ladi. Bu eng katta yutuqqa aylanadi va Oslo ko‘chalarida aqlbovar qilmas sayllar boshlanib ketadi.
Norvegiya va AQShni taqqoslashim mumkinmi? To‘g‘risi, AQSh hech qachon jahon chempioni bo‘lmaydi, degim kelmayapti. Ular musobaqada zafar quchsa, uyalib qolaman. Lekin ularning chempionlik imkoniyati bir foizga teng, bizniki esa, shuning yarmi xolos, - dedi Erling Xoland.
Norvegiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining mintaqaviy saralash bosqichida dastlabki to‘rtta uchrashuvni o‘z foydasiga hal qildi va “I” guruhi peshqadamiga aylandi.
Fikrlar