Xoland: "Italiyani 4:1 hisobida mag‘lub etishimiz — qay darajada kutilmagan jamoa ekanimizni ko‘rsatadi"
Erling Xoland Norvegiya terma jamoasining JCh-2026ga chiqishi haqida o‘z fikrini bildirdi. Saralashning hal qiluvchi uchrashuvida norvegiyaliklar safarda Italiyani 4:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.
"Men baxtiyorman, lekin shundan ham ko‘proq engillik his qilyapman. Juda katta mas’uliyat bor, ammo bu juda ham yoqimli.
Biz kalitni topdik va individual jihatdan o‘sdik. Nusa va Bobb kabi futbolchilarning rivojlanishi yaqqol ko‘rinyapti — Bobb endi "Manchester Siti"da asosiy tarkibda o‘ynayapti. Men his qilamanki, bu katta yo‘lning boshlanishi.
Biz bu erga kelib, Italiyani 4:1 hisobida mag‘lub etishimiz — qay darajada kutilmagan jamoa ekanimizni ko‘rsatadi. Bu juda yaxshi, hamma buni bilib olsin", — dedi Norvegiya terma jamoasi hujumchisi.



Fikrlar