Xoland ikki to‘purarga tan berdi
Norvegiyalik futbolchi Evropadagi yuqori darajadagi faoliyatidan keyin ayni paytda “An-Nasr” va “Inter Mayami”da to‘p tepayotgan yulduzlar faoliyatini juda yuqori baholadi.
Erling Xoland uzoq yillar davomida o‘zaro raqobatlashib kelgan Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning karerasi davomiyligiga qoyil qolishini aytdi.
- Menimcha, bu sayyoradagi har bir futbolchi uchun Krishtianu va Leo 15 yil davomida eng yuqori darajada, eng kuchli ligalarda qanday o‘ynash kerakligining namunasidir. Ular ikkalasi ham ilhom bag‘ishlaydi.
Krishtianu, ehtimol, o‘z karerasi haqida bizga biroz ko‘proq ochiq gapirgandir. Qarang, u tanasiga qanday e’tibor beradi! Bu ajoyib. U 40 yoshda, ammo hali ham eng yuqori saviyada o‘ynay olyapti. Bu juda qiyin ish va u bunga qodir ekani uchun u katta hurmatga loyiq, - dedi Xoland ESPN jurnalistlari bilan suhbatdi.



Fikrlar