Xoland: "Himoyachi meni turtgani uchun gol urgim kelib ketdi"
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland "Brentford"ga qarshi (1:0) g‘alaba golini urdi. Norvegiyalik forvardning aytishicha, unga gol urishga raqib himoyachisi Sepp van den Bergning harakatlari turtki bo‘lgan.
"Ilk besh daqiqa davomida u meni doimo turtaverdi. Shunda men: "Yaxshi, bo‘ldi, ketdik", dedim va unga javob qaytardim.
Bu men uchun haqiqiy, yuqori darajadagi gol bo‘ldi — eng yaxshilarimdan biri.
Rostini aytsam, o‘yin oldidan biroz charchoq his qilgandim va menga og‘ir bo‘ladi, deb o‘ylagandim. Lekin bellashuv boshlanganidan 10 soniya o‘tishi bilan u meni turta boshladi, bu esa meni ruhlantirdi. Shuning uchun uni maqtash kerak — u meni gol urishga majbur qildi", — deya eslab o‘tdi "shaharliklar" forvardi.



Fikrlar