Xoland hech kim qilolmagan ishni uddaladi

  • 25 aprel, 2021, 17:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliganing 31-turida “Borussiya” hujumchisi Erling  Xoland  “Volfsburg” darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi. Bu ikki aniq zarba uning nomini tarixga yozilishiga sabab bo‘ldi. Norvegiyalik hujumchi Bundesligadagi gollarini sonini 38 taga etkazdi va 21 yoshgacha eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘ldi.

Tecno

Avvalgi rekord uning jamoadoshi Jeydon Sanchoga tegishli bo‘lib, angliyalik yarim himoyachi 21 yoshda 36 ta to‘p kiritgandi. Kuchli uchlikdan hozir “Chelsi”da o‘ynayotgan Kay Xaverts o‘rin olgan. Uning hisobida 35 ta gol bor.

Xoland shu yilning 21 iyul kuni 21 yoshga kiradi. Ungacha uning Bundesligada urgan har bir goli yangi rekord sifatida qayd etilib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!