Xoland APLdagi barcha jamoalarni sharmanda qildi

  • 1 sentabr, 2024, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Siti”da uchinchi mavsumini boshlagan Erling Xoland gollar seriyasini davom ettirmoqda.

Uchinchi turda norvegiyalik to‘purar “Vest Xem” darvozasini uch bor ishg‘ol qilib, jamoasiga qatorisiga uchinchi g‘alabani keltirdi.

Bu Xolandning yangi mavsumdagi ettinchi goli bo‘ldi. Mohi r to‘purar avvalgi turlarda “Chelsi”ga bitta, “Ipsvich Taun”ga uchta gol urgan edi.

Statistika mutaxassislarining ma’lum qilishicha, APLning uchinchi turidan so‘ng, Xolandning bir o‘zi chempionatdagi barcha jamoalardan ko‘p to‘p kiritgan o‘yinchiga aylandi. Xoland raqib darvozabonlarini umumiy hisobda etti marotaba dog‘da g‘oldirgan bo‘lsa, “Brayton” va “Chelsi” butun jamoa bo‘lib oltitan gol urgan.

Erling Xoland 2022 yilning yozida Manchesterga kelganidan beri “shaharliklar” safida barcha turnirlarda 102 ta uchrashuvda 97 ta gol va 14 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!