
Xokkey. "Humo" Toshkentda "Irtish" ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi
Toshkentning “Humo” xokkey klubi bugun Qozog‘iston chempionatining navbatdagi turi doirasida “Irtish”ni jamoasini qabul qildi.
“Humo arena”da kechgan qiziqarli o‘yinda 6:2 hisobida “qanotlilar”ning qo‘li baland keldi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng “Humo” hisobidagi ochkolar sonini 45 taga etkazib oldi va o‘zi egallab turgan 3-pog‘onani yanada mustahkamladi. Hisobida 26 ochko bo‘lgan “Irtish” esa musobaqa jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Humo” va “Irtish” jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin ertaga bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar