
Xokkey. "Humo" pley-offni g‘alaba bilan boshladi!
Bundan biroz avval “Humo” xokkey klubining Toshkenda Qozog‘iston Pro-ligasining pley-off bosqichidan o‘rin olgan “Gornyak”ga qarshi dastlabki uchrashuvi yakunlandi.
Murosasiz kechgan va over-taymlarga qadar davom etgan bahsda 2:1 hisobida “qanotlilar”ning qo‘li baland keldi. Ta’kidlash kerakki, uchrashuvda “Humo” tarkibida Artyom Valeev dubl muallifiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga ushbu jamoalar o‘rtasida ikkinchi o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar