
Xokkey. "Humo" chempionlik uchun kurashni davom ettiradi!
Qozog‘istonning Professional xokkey Ligasining muntazam chempionati yakunlandi, uning natijalariga ko‘ra Toshkentning “Humo” xokkey klubi ikkinchi o‘rinni egalladi. Toshkentliklar 44 ta o‘yinda 33 ta g‘alabaga erishib, 68 ochko to‘pladi.
16 – fevral kuni “Humo” chempionatning ikkinchi bosqichi – Pley-off o‘yinlarida ishtirok etishni boshlaydi. Birinchi raqib – Rudniyning “Gornyak” jamoasi. Vazifa – birinchi seriyada to‘rtta g‘alabani qo‘lga kiritib, yarimfinalga yo‘l olish. Birinchi ikkita o‘yin “Humo Arena”da 16 va 17 – fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘yinlar Rudniy shahrida 21 va 22 – fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Agar kerak bo‘lsa, beshinchi o‘yin Toshkentda 26 – fevral kuni, o‘yinlarda durrang natijasi qayd etilgan taqdir esa, hal qiluvchi ettinchi o‘yin ham 6 mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Jamoa bilan 2019/2020 – mavsumda ham birga ishlagan “Humo”ning bosh murabiyi Evgeniy Popixin jamoa pley-off bosqichiga jiddiy tayyorlangan holda kirishiga va Chempionatning bosh sovrini uchun kurashishiga qat’iy ishonadi. Rossiyaning tajribali mutaxassis yordamchilari bilan birgalikda jamoani mavsumning eng muhim o‘yinlariga jiddiy tayyorlashgan.
Fikrlar