
Xokkey. "Humo" bugun "Snejnye Barsy"ga qarshi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazadi
Toshkentning "Humo" xokkey klubi bugun Qozog‘iston Pro-ligasining navbatdagi turida o‘z maydonida "Snejnye Barsy" klubiga qarshi ikkinchi bahsni o‘tkazadi.
"Humo" - "Snejnye Barsy" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun soat 19:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalarning kechagi uchrashuvida 2:0 hisobida "Humo" g‘alaba qozongan edi.
Ma’lumot uchun, "Humo" ayni damda chempionat musobaqa jadvalida 4-o‘rinda, "Snejnye Barsy" esa so‘nggi 12-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar