"Xo‘jand" bosh murabbiyi "Neftchi"ga uchralgan mag‘lubiyat haqida nima deydi?

  • 25 mart, 2024, 14:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha bo‘lib o‘tgan "Neftchi" - "Xo‘jand"  xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Rustam Xo‘jaevga qisqa savollarga javob qaytardi.

Tecno

- O‘yin haqida sizning taasurotlaringiz qanday

- Taassurotlar yaxshi. Maydon ham, bugungi futbol ob-havosi ham hammamizga ma’qul bo‘ldi. Uchrashuvga to‘xtaladigan bo‘lsak, yaxshi o‘yin, yaxshi jamoa. "Neftchi" O‘zbekiston Superligasida peshqadamlik qilayotgan jamoadir. Bizda hali chempionat boshlangani yo‘q. Bizning bugungi kundagi vazifamiz mavsum boshlangunga qadar futbolchilarimiz nimaga qodir ekanliklarini sinovdan o‘tkazib, imkoniyatlarimizni to‘g‘ri baholab olishdan iboratdir. Safimizda xorijdan taklif etilgan afrikalik legioner viza muammosi tufayli bu uchrashuvga kela olmadi, ba’zi futbolchilarimiz esa jarohat tufayli maydonga tusha olmadilar, ayrim vakillarimiz olimpiya terma jamoasida bandlar. Lekin bular bizning ichki muammolarimiz. O‘yindagi kamchiliklarimizni bu muammolar bilan oqlamoqchi emasman. Biz ancha kuchli, tajribali va mahoratli jamoa bilan bahslashdik.

- Rustam aka, sizlar Farg‘ona bilan azaldan yaqin aloqadasizlar. Jamoalarning bir-birlariga doimiy bordi-keldilari bor. Yaqin kelajakda Farg‘ona futbolchilari ham Xo‘jandga javob uchrashuvlari uchun taklif etiladilarmi?

- Bu menga bog‘liq emas. Farg‘onaliklar xohlagan vaqtlarida istak bildirib, biz bilan bellashuv o‘tkazishlari mumkin. Biz o‘tgan yili ham Farg‘onadan tashqari Namangan va Bekobod shaharlarida bo‘lib, futbolchilarimizni sinovdan o‘tkazganmiz. Kasbdoshlarimiz-murabbiylarning foydali maslahatlari bilan o‘rtoqlashganmiz. O‘ylaymanki, bunday yaqin munosabatlar ikkala tomonga ham foyda keltiradi. Do‘stlik va qo‘shnichilik aloqalari sportni-futbolni rivojlantirishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganligini chin-yurakdan xis etmoqdamiz.

“Neftchi” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!