Xo‘janazar Nortojiev tajribali va nomdor bokschini musobaqadan chiqarib yubordi!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning beshinchi kunidan 4 nafar vakilimizning janglari o‘rin olgandi.
-57 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Xo‘janazar Nortojiev va hindistonlik Sachin o‘rtasidagi shiddatli bahs nihoyasiga etdi.
Tajribali va nomdor raqibga munosib qarshilik ko‘rsatgan Nortojiev yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.



Fikrlar