
"Xoffenxaym" - "Bavariya" uchrashuvining so‘nggi 13 daqiqasi g‘alati o‘tdi (video)
Bugun Germaniya Bundesligasining 24-turidan o‘rin olgan “Xoffenxaym” Dortmund hamda “Bavariya” jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli kechgan uchrashuv mehmonlarning 0:6 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
E’tiborlisi, uchrashuvning 77-daqiqasida muxlislarning turli norozilik kayfiyatidagi bannerlari ko‘tarilgani sabab myunxenlik futbolchilar ma’lum muddat o‘yinni to‘xtatib qo‘yishdi. Biroq, oradan ma’lum muddat o‘tgach o‘yin davom etdi. Lekin ikkala jamoa futbolchilari ham muxlislarga e’tiroz sifatida o‘yinning qolgan qismida to‘pni shunchaki maydonda tepib turishdi.
Quyida bunga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin:
Fikrlar