Xitoylik shaxmatchi ketma-ket beshinchi bor jahon chempioni bo‘ldi

  • 16 aprel, 20:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

17-jahon chempioni, xitoylik shaxmatchi Ju Venjun ayollar o‘rtasida 2025-yilgi jahon chempioni bo‘ldi. U 2018 yildan beri egallab turgan unvonini himoya qildi.

Tecno

Bugun, 16 aprel kuni shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun bahsning to‘qqizinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi. Bu o‘yinda Venjun o‘z hamyurti Tan Zhongyi bilan durang o‘ynadi. Shunday qilib, jahon shaxmat toji uchun kechgan bahsni 6,5:2,5 hisobida Venjun o‘z foydasiga hal qilib, muddatidan avval g‘alaba qozondi. Uchrashuvlar Xitoyning ikki shahrida bo‘lib o‘tdi. Dastlabki oltita o‘yin Shanxayda, qolganlari Chongtsingda.

Ma’lumot uchun, ayollar o‘rtasidagi shaxmat toji uchun o‘yinning mukofot jamg‘armasi 500 000 evro(7 mlrd. 391 mln. so‘m)ni tashkil  etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!