
Xitoyda bo‘lib turgan "Surxon" tarkibida "Olimpik" sardori va rossiyalik hujumchi ko‘rikdan o‘tmoqda!
Kecha Xitoyga etib borgan "Surxon" klubi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatini taqdim etdi. Shuningdek, klub matbuot xizmati tarkibdagi o‘zgarishlar haqida ham ma’lumot berdi.
"Jamoamiz tarkibiga ikki futbolchi qo‘shildi: rossiyalik hujumchi Marat Tarek hamda 22 yoshli himoyachi Behzod Shamsiev ("Olimpik"). Ushbu ikki futbolchi ayni vaqtda ko‘rikdan o‘tmoqda.
Agar futbolchilar jamoamiz bilan shartnoma tuzsa, albatta jamoamizning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy xabar beramiz.
Shuningdek, rossiyalik himoyachi Shamil Gasanov oilaviy sabablariga ko‘ra, yig‘inni o‘tkazib yuboradi", - deyiladi xabarda.
Fikrlar