
Xitoy yangi mavsumga start bermoqchi
Xitoy futbol assotsiatsiyasi mamlakatda koronavirus infektsiyasi keskin darajada pasaygani uchun 18 apreldan boshlab, mavsumni boshlash niyatida ekanligini e’lon qildi.
Aslida, Xitoy chempionati 22 fevral kuni mavsumni boshlashi kerak edi, ammo COVID-19 infektsiyasi mamlakatda keng tarqalib ketgani tufayli, noma’lum muddatga qoldirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyda koronavirus epidemiyasining eng cho‘qqisi o‘tdi. Hozirgi kunga kelib, koronavirus bilan kasallanganlarning 84 foizga yaqini mamlakatda da’volanib bo‘ldi.
Fikrlar