
Xet-triklarning “yangi qiroli” paydo bo‘ldi
Transfermarkt portali so‘nggi uch yilda rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p xet-trik qayd etgan futbolchilar ro‘yxatini tuzdi. Reytingda futbolchilarning kuchli beshlik chempionatlari va milliy terma jamoadagi natijalari inobatga olindi.
Birinchi o‘rin “Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Ering Xoland qayd etildi. 22 yoshli to‘purar 147 ta rasmiy uchrashuvda 12 marta uchtadan to‘p kirtgan.
Ikkinchi o‘rin “Barselona” va Polsha terma jamoasi forvardi Robert Leandovskiga nasib qildi. U 167 marotaba maydonga tushib, o‘n marotaba raqib darvozasini uch martadan ishg‘ol qilgan.
Kuchli uchlikni Kilian Mbappe yakunlab berdi. 24 yoshli futbolchi PSJ va Frantsiya terma jamoasi safida 176 ta bahsda to‘qqiz marotaba xet-trikka erishgan.
Fikrlar