Xedira faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin

  • 3 sentabr, 2020, 21:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Zenit” tez orada yana bir yirik transferni amalga oshirishi mumkin.

Tecno

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, piterliklar bu safar “Yuventus” yarim himoyachisi Sami Xedirani ko‘zlashmoqda. Germaniyalik futbolchi ayni damda “keksa sinora” bilan amaldagi shartnomasini bekor qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Shu tariqa u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.

Xedira “Yuventus” safiga 2015 yil “Real”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 145 ta o‘yinda maydonga tushdi va 21 ta gol hamda 13 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!