
Xedira "Arsenal" bilan shartnoma tuzishga yaqin
"Yuventus" klubi yarim ximoyachisi Sami Xedira faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Taniqli jurnalist Tankredi Palmeri o‘z "Twitter" sahifasida ma’lum qilishicha, germaniyalik futbolchi "Arsenal" klubiga ko‘chib o‘tishga yaqin turipti.
Bundan tashqari, 32 yoshli futbolchiga "Valensiya", "Fiorentina", "Vulverxempton", "Fenerbaxche", "Beshiktosh" va MLS klublari qiziqish bildirayotgan edi.
Xediraning "Yuventus" bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Fikrlar