
Xayrulla Hamidov: Sergeev buyog‘iga asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanib ketsa ham, ajab emas
"Navruz Cup" turniridan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Qirg‘iz Respublikasi terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda vakillarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, qo‘shnilarimiz tarkibida Mirlan Murzaev hisobni ochdi. 64-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Eldor Shomurodov muvozanatni tikladi. Bellashuv yakuniga yaqin Igor Sergeev dubl qayd etib, terma jamoamizning g‘alabasini ta’minladi.
Yarim finalda zafar quchgan Srechko Katanets shogirdlari "Navruz Cup" finaliga yo‘l oldi.
Bellashuvdan so‘ng taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov telegramdagi sahifasida Igor Sergeev haqida qisqacha post qoldirdi.
- Sergeev o‘zini eslatdi, qaytardi. Buyog‘iga asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanib ketsa ham, ajab emas, - dedi Xayrulla Hamidov.
Fikrlar