Xayrulla Hamidov: Muxlislar... Muxlislarsiz kambeklar, kutilmagan natijalar bo‘lmaydi, klassda kuchli jamoa engaveradi

  • 17 may, 2020, 12:55
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kecha Germaniya chempionati 26-turidan o‘rin olgan "Borussiya D" - "Shalke" uchrashuvi o‘tkazildi. Bundesliganing restarti markaziy o‘yin bilan boshlandi. Bellashuv muxlislarsiz o‘tdi va mezbonlar yirik hisobda zafar quchishdi - 4:0.

Taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov muxlislarsiz o‘yin qanday kechgani va tomoshabinlarning futbolga ta’siri borasida telegramdagi o‘zining sahifasida yozib qoldirdi.

- Muxlislar... Muxlislarsiz kambeklar, kutilmagan natijalar bo‘lmaydi, klassda kuchli jamoa engaveradi. Shu "Borussiya" muxlislari bilan PSJni engib olgandi, javob o‘yinida bo‘m-bo‘sh stadionda Parij xotirjam yutdi.

Muxlislar - futbolni bir bosqich yuqoriga olib chiqqan xilqatdir. Tezroq muxlisli futbolga ham qaytaylik, - deya yozib qoldirdi Xayrulla Hamidov.

Davron Fayziev: Mbappeni Xolanddek qahramon bo‘lish imkonidan mahrum qilishdi

photo_2020-05-16_20-17-59

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!