
Xayr Messi, xayr Ronaldu!
Keyingi o‘n yillikda dunyoning eng qimmat futbolchilari reytingida doimo yuqori o‘rinlardan joy olishga ko‘nikib qolgan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘z jamoalari tarkibida to‘purarlik mahoratini namoyish etayotganiga qaramay, yangi ro‘yxatda kuchlilar qatoriga kiritilmadi. Voqealar rivoji Messi va Ronalduning bu reyting bilan butunlay xayrlashishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Ularning ortidan porlay boshlagan Neymar PSJga 222 million evro evaziga ko‘chib o‘tib, transfer rekordini o‘rnatgan bo‘lsa-da, hozir o‘z mavqeini boshqa yulduzlarga bo‘shatib bergan.
Football Observatory tuzgan reytingda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe eng qimmat o‘yinchi sifatida qayd etildi. Frantsiyalik futbolchining transfer narxi 259,2 million evroga baholanmoqda.
Boshqa hech qaysi futbolchining narxi 200 millionlik chegaraga etib bormagan.
Football Observatory reytingida eng qimmat futbolchilar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Kilian Mbappe, PSJ — 259,2 mln evro.
- Rahim Sterling, «Manchester Siti» — 194,7.
- Jeydon Sancho, «Borussiya» Dortmund — 179,1.
- Trent Aleksander-Arnold, «Liverpul» — 171,1.
- Markus Reshford, «Manchester Yunayted» — 152,3.
- Muhammad Saloh, «Liverpul» — 144,9.
- Sadio Mane, «Liverpul» — 139,2.
- Antuan Grizmann, «Barselona», — 136,4.
- Alfons Devis, «Bavariya» — 133,5.
- Harri Keyn, «Tottenxem» — 119.
Fikrlar