
Xayr, Ronaldu! “Yuve” qayta tuziladi
Evropa Chempionlar ligasini ketma-ket ikkinchi marta erta tark etgan “Yuventus” tarkibi qayta shakllashtiriladigan bo‘ldi. Turinliklar jamoaning orzusiga aylangan Chempionlar ligasi bosh sovrinini yutishda yordami tegmayotgan qimmatbaho yulduzlardan voz kechishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Turin superklubi yozgi transferlar vaqtida Krishtianu Ronaldu va Paulo Dibalani sotib yuboradi.
Bunga “Yuve” qit’aning eng nufuzli musobaqasidan chiqib ketgani va koronavirus pandemiyasi ta’sirida yuzaga kelgan moliyaviy muammolar asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Klub xo‘jayinlari jamoa yulduzlari sotib foyda ko‘rish barobarida ularning maoshiga sarflanayotgan katta miqdordagi mablag‘ni ham tejab qolmoqchi.
Andrea Pirlo jamoada Matteys de Ligtni saqlab qolib, PSJda ijarada o‘ynayotgan Moyze Kinni ortga qaytarmoqchi. Paulo Dibalaning o‘rnini egallashi kutilayotgan Kinning transfer huquqi “Everton”ga tegishli.
Fikrlar