
Xavining “kursi”si qimirlab qoldi
“Barselona” rahbariyati jamoani chempionga aylantirgan bosh murabbiy Xavi Ernandesning salohiyati borasida shubhalana boshladi.
Xavi shogirdlari Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida mag‘lubiyatga uchradi. Jurnalist Adrian Sanchesning ma’lum qilishicha, klub rahbariyatida Xavining imkoniyatiga shubha bilan qaraydiganlar ko‘payib qoldi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, klub prezidenti Joan Laporta Xavi Ernandesni qo‘llab-quvvatlashda davom etayotgani bois, hozircha bosh murabbiyni alishtirish masalasi ko‘tarilgani yo‘q.
Xavi Ernandesning o‘zi esa, jamoa hujumkorligini oshirish uchun yangi transferlar kerakligini ta’kidlayapti.
Fikrlar