Xavining bu iltimosi hammasidan o‘tib tushdi

  • 14 noyabr, 2021, 19:27
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya OAVlari Xavi "Barselona"ga kelganidan beri sayyoramizdagi ko‘zga ko‘ringan ko‘plab futbolchilarni "Barsa" nomi bilan bog‘lamoqda. 

Yaqinda Tyagu Alkantaraning Kataloniya klubiga qaytishi haqida xabarlar chiqdi. "El Nacional" tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis rahbariyatga "katta shahsiy iltimos" bilan murojaat qilgan. 

Sobiq yarim himoyachi o‘z klubida Muhammad Salohni ko‘rmoqchi. Misrlik vingerning "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda tugaydi. 

Qayd etish joiz, 29 yoshli futbolchi bu mavsum mersisaydliklar safida 15 o‘yinda ishtirok etib, 15 ta gol va 6 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.  

Bu hujumchi qishda "Barsa"ga kelishga rozi

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!