
Xavining "Barselona"ga kelishi rostmi? "Al-Sadd" bu haqda rasmiy bayonot berdi
Qatarning “Al-Sadd” klubi bosh murabbiy Xavi Ernandesning “Barselona”ga ketishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Yaqinda ispaniyalik murabbiy "ko‘k-anorranglilar" bilan muzokara olib borgan va shartnoma imzolashga rozi bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
“Bizning klub Xavi bilan amaldagi shartnomasi borligini ma’lum qiladi va murabbiy hozir bor etiborini “Al-Sadd” o‘yinlariga qaratgan. Uning maqsadi bor - chempionatda peshqadamlikni saqlab qolish va chempionlik unvonini himoya qilish”, - dedi Qatar klubi matbuot xizmati.
Xavining “Al-Sadd” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" payshanba kuni niderlandiyalik mutaxassis Ronald Kumanni iste’foga chiqardi.
Fikrlar