
“Barselona” Xavi istagan o‘yinchini olib bermayapti
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes chap qanot himoyasiga yangi o‘yinchi olishda klub rahbariyati bilan kelisha olmay qoldi.
Ispaniyalik murabbiy bu pozitsiyada “Benfika” vakili Alexandro Grimaldoni ko‘rishni istaydi. Bu futbolchi o‘z davrida “Barselona”ning ikkinchi jamoasida to‘p tepgan va kataloniyaliklarga begona emas.
Biroq, transferlarga mas’ul bo‘lgan direktor Mateu Alemani chap qanot himoyasiga “Valensiya”da o‘ynayotgan Xose Gayyani olib kelishga harakat qilyapti. 26 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatining eng zo‘r himoyachilaridan hisoblanadi va juda katta tajribaga ega.
Bundan tashqari, klub rahbariyati ro‘yxatida “Chelsi” himoyachisi Markos Alonsoning nomzodi ham bor.
Fikrlar