“Barsa” kutgan yulduz “Chelsi”ni tanladi

  • 19 iyul, 2022, 21:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sevilya” tarkibida barqaror o‘yin namoyish etib kelayotgan frantsiyalik himoyachi Jyul Kunde bir necha mavsumdan beri Evropaning grand klublari o‘rtasida talash bo‘lmoqda.

Tecno

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi shu yoz ichi 23 yoshli himoyachini Kataloniyaga olib kelishni istayotgan edi. Ispaniyalik mutaxassis o‘yinchi bilan bog‘lanib, o‘z jamoasiga taklif qilishga ham ulgurdi.

Biroq, jurnalist Manu Sayns futbolchi “Barselona” chorlovini javobsiz qoldirib, “Chelsi”ni tanlaganini aniqladi va bu haqda ma’lumot tarqatdi.

Jyul Kunde o‘tgan mavsumda 44 marotaba maydonga tushib, himoyada mustahkam o‘ynashi bilan birga uchta gol va bitta assist muallifi ham bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!