
Xavi uch yulduzga chiqish eshigini ko‘rsatdi
“Barselona” klubi rahbariyati jamoa futbolchilariga berilayotgan maosh fondini qisqartirish masalasiga jiddiy e’tibor bera boshladi. Ular maosh yukini 200 million evroga pasaytirishni rejalashtirgan.
Sport.es saytining yozishicha, ayni paytda kataloniyaliklarning bir yillik maosh fondi 610 million evroni tashkil qilyapti. Bu summa tez orada 420 million evogacha pasaytirilishi kerak.
Buning uchun “Barselona” rahbariyati uzoq yillardan beri jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan yulduzlar – Jerar Pike, Xordi Alba va Serxio Buskets bilan xayrlashishga tayyor. Ular eng katta maosh olayotgan futbolchilar ro‘yxatida turibdi.
Bundan tashqari, yoshi o‘tib qolgan bu uch o‘yinchi o‘rnini iste’dodli yoshlar egallashi uchun ham yo‘l ochiladi.
Fikrlar