Xavi: Shu o‘yinchini olsak, engilmas jamoa bo‘lamiz!

  • 5 may, 2022, 10:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes “Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibalini Kataloniyaga olib kelmoqchi. Ispaniya mutaxassis senegallik o‘yinchi kelishi bilan jamoaning himoya chizig‘i sezilarli darajada kuchayishini ta’kidlamoqda.

Tecno

Aslida Kalidu Kulibali anchadan beri Evropa grandlari nishonida turibdi. Biroq “Napoli” rahbariyati uni qo‘yib yubormayapti. Kaliduning amaldagi shartnomasi kelasi yili yozda tugaydi. Kataloniyaliklar uning agentidan “Napoli” bilan yangi bitim bo‘yicha muzokara boshlamaslikni so‘ragan.

Neapolliklar asosiy o‘yinchisi bilan xayrlashishga tayyor emas. Ular Kaliduni jamoada olib qolish uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda.

30 yoshli futbolchi A Seriyada 24 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z vazifasini bajarishdan tashqari, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ikkita golli pas uzatib berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!