
Xavi "Real"ga qarshi qanday taktika qo‘llashi ma’lum bo‘ldi
"Barselona" ustozi Xavi Ispaniya superkubogi finali oldidan o‘z taktikasiga o‘zgartirishlar kiritadi.
Bu o‘yinda "Barselona" "Real"ga qarshi maydonga tushadi.
"AS" nashri xabariga ko‘ra, kataloniyalik murabbiy odatdagi 4-3-3 sxemasi o‘rniga 4-4-2 sxemasidan foydalanishni rejalashtirgan. Gavi yoki Pedri esa chap qanot yarim himoyachisi pozitsiyasini egallaydi. Shu tariqa, Xavi 8 yanvar kuni "Atletiko"ga qarshi o‘yindagi g‘alabali o‘yinini (1:0) takrorlamoqchi.
Taxminlarga ko‘ra, to‘rtta yarim himoyachidan iborat tarkib "Barsa"ga to‘pni yaxshiroq nazorat qilish imkonini beradi va to‘p yo‘qolganda, raqibning himoyadan hujumga tez o‘tish xavfini kamaytiradi.
Himoyaning o‘ng qanotida ispaniyalik murabbiy Vinisius Juniorga qarshi turish uchun Ronald Arauxoni tushirmoqchi.
"Betis"ga qarshi bahsni zaxirada boshlagan Serxio Buskets "Real" bilan bo‘ladigan uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Real" Madrid - "Barselona" uchrashuvi 15 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.
Fikrlar