
Xavi “Real”dan qo‘rqyapti
Ispaniya chempionatida “Real” kutilmagan o‘yinlarda ochko yo‘qotmoqda. Xavi Ernandes esa, “Barselona”ni qisqa muddatda chempionlik uchun kurashadigan jamoaga aylantirdi.
20-turdan keyin kataloniyaliklar amaldagi chempionni sakkiz ochkoga ortda qoldirmoqda. Shunga qaramay, Xavi “Real”ni chempionat favoriti ekanini ta’kidlayapti.
- “Real” har qanday jamoani engishi mumkin. Ular hali “Kamp Nou”ga ham keladi. Bu hali hammasi emas, har bir uchrashuv haqiqiy jangga aylanadi. Men “Barselona”ni chempionlik yo‘lida favorit, deb hisoblamayman. Biz hali bunga nomzodmiz.
Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Real” hamon La Liga favoriti bo‘lib turibdi. Bizda qolgan turnirlar ham g‘olib chiqish imkoniyati bor, lekin bunga loyiq ekanimizni maydonda isbotlashimiz kerak, - dedi Xavi Ernandes.
Fikrlar