Xavi PSJga qarshi g‘alabadan so‘ng uch futbolchisini alohida e’tirof etdi

  • 11 aprel, 2024, 04:23
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" PSJni taslim etgan uchrashuvdan (3:2) so‘ng "ko‘k-anorranglilar" ustozi Xavi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bu juda muhim g‘alaba, albatta. Chempionlar ligasining har bir o‘yinida zafar quchish - jiddiy yutuq. 

Biz himoyada va taktik tomonlama juda yaxshi o‘ynadik. Shuningdek, qanot himoyachilari ham bizga katta yordam berdi. 

Kubarsi o‘z hududida bo‘lgan raqib futbolchilarini haydab chiqardi. Pedri ham bizga katta yordam berdi. Kristensenning goli esa bizga g‘alaba keltirdi. Men jamoam bilan faxrlanaman"
, - dedi "ko‘k-anorranglilar" ustozi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!