"FUJAIRAH GLOBAL Chess Championship". Asilbek Abdulazizov va Samandar Shermuhammadovda g‘alaba - o‘zbekistonlik sportchilarning bugungi natijalari!

  • 29 avgust, 00:10
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida birinchi bor o‘tkazilayotgan "Fujairah Global Chess Championship 2025" nufuzli musobaqasi davom etadi. Ushbu katta turnirda O‘zbekiston sharafini bir qator yoshlarimiz himoya qilmoqda. Bugun 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Tecno

"Masters" guruhida  qatnashayotgan Shermuhammadov Samandar bu safar eronlik Alinasab Mobinaga qarshi qora donalarda o‘ynadi va g‘alabani o‘ziniki qildi. U bunga qadar quyidagcha natija qayd etgan edi.

Ilk turda hindistonlik Jinan Jomonga qarshi mag‘lubiyat, ikkinchi turda polshalik  Slivishka Alisja bilan durang, uchinchi turda Gayaforuiar Amir ustidan g‘alaba, to‘rtinchi turda Davityan Arturga mag‘lub bo‘ldi. 

"Open" guruhi

Abdulazizov Asilbek bugun oq donalarda hindistonlik Nishita Karthik bilan o‘ynadi qiyinchilik bilan g‘alabani tantana qildi.

Uning bunga qadar natijalari quyidagicha:

Elahi Saif Anvarga qarshi g‘alaba;

Sulton Ibrohimga qarshi mag‘lubiyat;

Belousov Viktorga qarshi g‘alaba;

Vuelban Virgilioga qarshi mag‘lubiyat;

 

Abdulazizov Asadbek Suleymanova Avaga qarshi bahs olib bordi murosa ko‘chasini tanladi.

Uning bungacha natijalari quyidagicha:

Vivan Ranaga qarshi mag‘lubiyat;

Dumankiy Alfarabiga qarshi g‘alaba;

Ahmed Badarga qarshi durang;

Al Hinay Qusayga qarshi g‘alaba;

 

Abdurasulov Muzaffarjon hindistonlik Krigna Bommi bilan kurash olib bordi mag‘lubiyatga uchradi.

Yosh vakilimizning hozirga qardar natijalari:

Zauynbay Alimzxanga qarshi mag‘lubiyat;

Ahmed al-Kabiga qarshi g‘alaba;

Alhassadi Yusufga qarshi mmag‘lubiyat;

Balushi Mariyaga qarshi g‘alaba;

Bugun esa hindistonlik Krigna Bomni bilan bahs uni kutib turibdi.

 

Abdulazizova Asmiraxon oq donalarda hindistonlik Dahvid Sibi Kurisinkal bilan omadsizlikka uchradi. 

Uning hozirga qadar natijalari:

Savan Emanga qarshi mag‘lubiyat;

Zaed Mazrauiga qarshi g‘alaba;

Hakobyan Allenga qarshi mag‘lubiyat;

Sharvesh Tirumayamalaryanga qarshi g‘alaba;

 

Abdulazizova Asminaxonga bugun ham biroz omad etishmadi. Mahalliy Ammar Abdulla bilan qiyin partiyada mag‘lubiyatga uchradi. 

Yosh yulduzimizning bunga qadar natijalari:

Gonasales Karlota bilan g‘alaba;

Shanmathi Sree, Zaynab Darvish, Handhali Mazinga qarshi esa mag‘lubiyatlar.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa 1-sentyabrga qadar davom etadi. Aslida bu turnirda Humoyun Begmurotov, Afruza Hamdamova, Akobirxon Saydaliev, Akramov Hasan va Husanlar ham qatnashishi kutilgan edi. Vakillarimiz yaqinda Kolumbiyadagi 16 yoshgacha bo‘lganlar o‘ratsidagi Olimpiadadan qaytishdi va Samarqanddagi turnirga tayyorgarlikni boshladi. Barcha ishtirokchilarimizga omad tilaymiz!

 

 

 

 

++

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!