Xavi: "Oz narsaga erishish yoki hamma narsani yo‘qotish mumkin"

  • 3 yanvar, 2023, 20:33
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xavi "Barselona"ning La Liga va Ispaniya Kubogida g‘alaba qozonish istagi borligini aytdi. 

Chorshanba kuni "Barselona" Ispaniya kubogining 1/16 final bosqichida 3-divizion vakili "Intersiti" bilan o‘ynaydi. 

"Kubokning dastlabki o‘yinlari ko‘pincha qimmatga tushadi. Futbolchilik faoliyatim davomidagi yo‘qotishlarni eslayman. Bu juda qiyin uchrashuv. Oz narsaga erishish yoki hamma narsani yo‘qotish mumkin. Biz favoritmiz va ba’zida bu qimmatga tushadi. 

Kubokda g‘alaba qozonish - bizning maqsadimiz. Chempionlikni qo‘lga kiritishni xohlaymiz. Chempionlar ligasidan chiqib ketganimizdan so‘ng La Liga eng muhimi, ammo kubokka ham befarq emasmiz. Bu biz uchun o‘zgacha turnir", - dedi "ko‘k-anorranglilar" ustozi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!