Xavi Neymarga xabar yo‘lladi

  • 18 avgust, 2023, 21:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ga o‘tishga harakat qilgan Neymar PSJdan to‘g‘ri Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi. Endi 31 yoshli forvard ikki yil davomida “Al-Hilol” sharafini himoya qiladi.

Tecno

PSJ bu transferdan 90 million evrodan ortiqroq mablag‘ ishlab oladi. Neymarning o‘zi 300 million evroga yaqin maoshga ega bo‘ladi.

Jurnalistlar “Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandesdan Neymar transferiga munosabati qanday ekanini so‘radi.

- Sizlar mendan jamoamga daxli yo‘q o‘yinchilar haqida fikr so‘rayapsizlar. Boshqalar haqida gapira olmayman. Neymarga esa, sizlar orqali omad va muvaffaqiyat tilab qolaman, - dedi Xavi Ernandes.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!