Xavi Messini “Barsa”ga qaytarishni talab qilmoqda
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes klub prezidenti Joan Laportadan PSJda yurgan Lionel Messini Kataloniyaga qaytarishni so‘radi, deb xabar tarqatdi Sport.es sayti.
Manbaning ta’kidlashicha, Xavi argentinalik yulduzning parijliklar bilan shartnomasi tugaganidan so‘ng, uni erkin agent sifatida jamoaga qo‘shib olmoqchi.
Messining o‘zi yoil oxirida Qatarda jahon chempionati borligini inobatga olib, sport formasini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun faoliyatida o‘zgarish qilmoqchi emas.
Yaqinda Leo kelajagi borasida jahon chempionatidan keyin bosh qotirishini ma’lum qilgandi.
Lionel Messi “Barselona” safida 21 yil faoliyat ko‘rsatdi va bu davr ichida etti marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi. Bu rekord natija hisoblanadi.



Fikrlar