Xavi Messini “Barsa”ga qaytarish imkonini topdi

  • 10 noyabr, 2021, 09:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh  murabbiyi Xavida yozda jamoani tark etgan Lionel Messini 2023 yilda ortga qaytirish imkoni bor. Bu haqda Marca nashri xabar qilmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Xavi klub prezidenti Joan Laporta va sobiq jamoadoshi Lionel Messi o‘rtasidagi kelishmovchilikka barham berib, argentinalik yulduzni ortga qaytarishi aytilmoqda.

Messi  transferiga pul sarflamaslik uchun kataloniyaliklar uning PSJ bilan shartnomasi yakunlanishini kutadigan bo‘lyapti. Ma’lumki, parijliklar mashhur hujumchi bilan 2023 yilning yarmigacha shartnoma tuzgan.

Bu masalada ko‘p narsa Messining qaroriga bog‘liq bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!