Xavi Martines yana Ispaniyaga qaytishi mumkin

  • 27 mart, 2019, 20:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletik" Bilbao klubi prezidenti Aitor Elisegi "Bavariya"da to‘p surayotgan sobiq futbolchisi Xavi Martinesni ortga qaytarishi mumkinligini aytdi.

Tecno

“Bizga Martines uchun 20 mln evro to‘lash muammo bo‘lmaydi. Biz bunday transferni amalga oshirish imkoniyatiga egamiz. Bu bizga moliyaviy qiyinchilik tug‘dirmaydi”, - deydi prezident.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Martines “Bavariya” safiga 2012 yil 40 mln evro evaziga aynan “Atletik”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 27ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!