Xavi Martines "Bavariya"ni tark etdi
"Bavariya" yarim himoyachisi Xavi Martines klubni tark etdi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda, tomonlar 2021 yilga qadar tuzilgan amaldagi shartnomani bekor qilgan.
Bundan avvalroq, ispaniyalik futbolchiga "Atletik", "Real Sosedad" va Saudiya Arabistoni klublaridan qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
32 yoshli Martines “Bavariya” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 238 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar