Xavi katta ishlarni ko‘zladi

  • 29 yanvar, 2023, 08:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes joriy mavsum davomida jamoasi o‘zi ishtirok etayotgan barcha turnirlarda bosh sovrin uchun kurashishini ma’lum qildi.

Tecno

Ma’lumki, kataloniyaliklar 2023 yilni Ispaniya Superkubogidagi g‘alaba bilan boshladi. Hal qiluvchi uchrashuvda Xavi shogirdlari azalik raqib – “Real”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

- Bitta sovrin bilan kifoyalanib qolmaymiz. Superkubokdagi g‘alaba bizga mos mentalitet – o‘zimizga bo‘lgan ishonchni uyg‘otdi. Oldimizga maksimum talablarni qo‘yamiz.

Biz La LIga, Ispaniya Kubogi va Evropa ligasida g‘olib chiqish uchun kurashamiz, - dedi Xavi Ernandes.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!