Xavi hech kim payqamagan talantni topdi

  • 28 mart, 2022, 12:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes uning nazariga tushgan Benat Turrientesni yozda o‘z jamoasiga olib kelmoqchi.

Tecno

20 yoshli markaziy yarim himoyachi “Real Sosedad” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumdan e’tiboran, Ispaniya chempionatida debyutini o‘tkazmoqda. Birinchi jamoa safida La Liga, Evropa Ligasi va Ispaniya kubogida jami 13 ta uchrashuv o‘tkazdi. Iste’dodli futbolchi mamlakat kubogi doirasida bitta gol urishga ham erishdi.

Transferlar ixtisoslashgan transfermarkt portalida Benatning narxi 3 million evroga tenglashtirilgan. Lekin “Real Sosedad” kelajagi porloq o‘yinchi uchun 50 million evro undirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!