
Xavi: "Hamma Pele, Maradona va Messi kabi bo‘lishni istaydi"
Xavi Pelening vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Afsonaviy braziliyalik futbolchi 29 dekabr kuni 82 yoshida vafot etdi:
"Men Pele oilasiga hamdardlik bildirmoqchiman. U butun bir avlodni belgilab bergan futbolchi. Hamma Pele, Maradona va Messi kabi bo‘lishni xohlaydi. Ular afsonalar. Men ularni hurmat qilaman", - dedi "ko‘k-anorranglilar" ustozi.
Fikrlar