Xavi Dembele masalasida "Barselona" prezidenti bilan uchrashadi

  • 1 fevral, 2022, 12:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Joan Laporta, direktor Mateu Alemani va bosh murabbiy Xavi bugun qanot hujumchisi Usmon Dembele bilan bog‘liq vaziyatni o‘zaro muhokama qiladi.

Tecno

Kataloniya klubi qishki  transfer oynasida frantsiyalik futbolchini sotish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi va endi u mavsumni "Kamp Nou"da yakunlaydi.

24 yoshli futbolchining shartnomasi shu yozda yakuniga etadi. Biroq Xavi qolgan o‘yinlarda undan foydalanishni rejalashtirgan.

Qayd etishlaricha, ko‘k-anorranglilar murabbiyi Dembelening mavsum oxirigacha jamoadan chetlatilishiga qarshi.

Yakuniy qaror Xavining "Barselona" rahbarlari bilan uchrashuvida qabul qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!