
Xavi Busketsning kelajagiga oydinlik kiritdi
Ispaniya matbuotida yarim himoyachi Serxio Busketsning "Barselona"dan ketishi haqidagi ma’lumotlar tobora ko‘payib bormoqda. Bosh murabbiy Xavi Ernandes bu boradagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Serxio hali yakuniy qarorga kelmaganini ochiq aytdi. Hammasi mavsum oxirida ma’lum bo‘ladi. Ammo shuni aytmoqchimanki, u men uchun jamoaning asosiy o‘yinchisi bo‘lib qoladi", - deya Xavining so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
34 yoshli Busketsning "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. Avvalroq yarim himoyachi faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar