
Xavi bunga jon deb rozi bo‘ladi
"Inter" hujumchisi Aleksis Sanches faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi.
Kataloniya klubi "Sevilya"dan ijaraga olingan Lyuk De Yongdan qutulmoqchi va uning o‘rniga boshqa hujumkor futbolchi olib kelish niyatida. Ayni damda niderlandiyalik forvardga "Inter qiziqish" bildirmoqda.
Sanchesning "Barselona"ga transferi bosh murabbiy Xavining roziligi bilan amalga oshishi mumkin.
Chililik A Seriya doirasida 10 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksis 2011 yildan 2014 yilga qadar "ko‘k-anorranglilar" libosida to‘p tepgan.
Fikrlar