Xavi: Bu o‘yinchini “Real” olishiga yo‘l qo‘ymaymiz!

  • 15 may, 2022, 18:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati “Monako” yarim himoyachisi Orelen Chuamenini tezroq o‘z tarkibiga qo‘shib olishga shoshilmoqda.

Tecno

22 yoshli frantsiyalik futbolchiga asosiy da’vogarlardan biri sifatida “Real” e’tirof etilmoqda. Kataloniyaliklar asosiy raqobatchisining yanada kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.

Orelenga Ispaniya chempionatidan tashqaridan ham takliflar etarli. Xususan, “Liverpul”, “Manchester Yunayted” va PSJ kabi qudratli klublar iste’dodli yarim himoyachiga shartnoma taklif qilishga tayyor.

Orelen Chuamenini olmoqchi bo‘layotgan klublar kamida 40 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.

“Bordo” klubi tarbiyalanuchisi bo‘lgan Orelen ikki yildan beri monakoliklar jamoasida to‘p tepmoqda. Tayanch yarim himoyachisi bu mavsum 48 ta o‘yinda qatnashib, beshta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!